“Lang.uz!” - bu qiziqarli interaktiv tarzda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha portal hisoblanadi. Ushbu portal Tas-IX tarmog‘i hududidagi yagona resurs hisoblanadi. Endilikda tilni o‘rganish juda oson va qiziqarli! Materiallar murakkabligi bo‘yicha “Elementary” dan “Pre-Intermediate” gacha bo‘lgan tematik darslar ko‘rinishida taqdim qilingan. Har bir darsda yangi so‘zlar bilan tanishib chiqish, yangi so‘z va iboralarga biriktirilgan mashqlarni bajarish, dialogni tinglash, tegishli maydonlarni to‘ldirish, videoni ko‘rish va matnni yozish kerak. Barcha darslarni bajarib bo‘lganingizdan so‘ng, Siz nafaqat to‘g‘ri yozish, balki gapirishni o‘rganib olasiz.
Portal imkoniyatlari
Afzalliklari
Darslardan o‘tish bosqichlari
1. Yangi so‘zlar va iboralarni o‘rganish
Yozish, talaffuz qilish, so‘zlar va iboralarni tarjima qilishni o‘rganish. Shuningdek, so‘zlarning qo‘shimcha ma’nosi va sinomlarini o‘rganish.
2. Tarjimani solishtirish
So‘zlarni sichqoncha yordamida o‘tkazish yordamida, so‘z yoki iboraning tegishli tarjimasini topish.
3. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etilishini tekshirish
Foydalanuvchining ko‘rsatilgan so‘z yoki iborani talaffuz qilganidan so‘ng, tizim avtomat tarzda “eshitganini” origanil talqini bilan taqqoslaydi va natijani chiqaradi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘z bilimlarini amaliy qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi va kelgusida xorijiy tilda bemalol muloqot qila oladi.
4. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish
Foydalanuvchi tugmani bosganda, so‘z yoki iboraning xorijiy tilda qanday talaffuz etilishini eshitgandan* keyin so‘z yoki iborani tegishli maydonga yozishi kerak.
Izoh: * ushbu funktsiya faqat Google Chrome brauzerida ishlaydi
5. Eshitish qobiliyati va to‘g‘ri yozishni rivojlantirish
Foydalanuvchi tugmani bosganda, so‘z yoki iboraning xorijiy tilda qanday talaffuz etilishini eshitgandan keyin, so‘z yoki ibora tarjimasini tegishli maydonga yozishi kerak. Agarda foydalanuvchi javob berishga qiynalsa, yordam vositasidan foydalanishi mumkin. Noto‘g‘ri topilgan so‘zlar, keyinchalik qo‘shimcha o‘rganish uchun maxsus blokka tushadi.
6. Dialoglarni o‘rganish
Ushbu bosqichda foydalanuvchi darsning keyingi bosqichida as qotadigan, dialogni tinglash va eslab qolishi mumkin.
Oldingi o‘rganilgan materialni eslab, yetishmayotgan so‘z yoki iboralarni qo‘yish lozim.
7. Mavzuga oid videoni o‘rganish
Foydalanuvchi videoni tomosha qilganidan so‘ng, berilgan matnni to‘g‘ri talaffuz etishga* harakat qilishi kerak. Sistema avtomat tarzda “eshitgan” matnni original talqini bilan taqqoslaydi.
Izoh: * ushbu funktsiya faqat Google Chrome brauzerida ishlaydi
Foydalanuvchilar reytingi
Yangi mavzularni o‘rganish jarayonida foydalanuvchi to‘g‘ri bajarilgan mashqlar uchun ballar oladi. Ushbu ballar asosida yetakchilar jadvali shakllanadi.
Har bir foydalanuvchi profil (shaxsiy sahifasi)ga ega. Unda ular o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari, ballar soni va o‘tilgan darslar ro‘yxatini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Iboralar
Bo‘lim ko‘p ishlatiladigan ibora va frazeologik birikmalar, jumladan, idiomalarni o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchilar qulayligi uchun iboralarni qidirish hamda alifbo bo‘yicha saralash maydoni mavjud.
Lug‘at
Bo‘limda ingliz tilidagi so‘zlarning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimasi keltirilgan lug‘at mavjud. Bundan tashqari, “Mening so‘zlarim” bo‘limida foydalanuvchining so‘z zaxirasi (nechta yangi so‘zlarni o‘rganganligi) va o‘rganish uchun zarur bo‘lgan so‘zlar keltiriladi.
So‘zlarni o‘rganish
So‘zlarni o‘rganish bir nechta bosqichlardan o‘tishni o‘z ichiga oladi.
Barcha bosqichlardan muvaffiqiyatli tarzda o‘tgandan keyin, o‘rganilayotgan so‘z “Foydalanuvchi so‘z zaxirasi” bo‘limiga tushadi.
Qo‘shimcha materiallar
Foydalanuvchi bo‘limda oldin o‘rgangan so‘z va iboralaridan iborat videoni ko‘rishi mumkin. Bu o‘tilgan materiallarni mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatdir. Qulaylik uchun video tegishli kategoriyalar bo‘yicha saralangan. Har bir videoda so‘zlar tarjimasi mavjud.
Let’s learn English together!